Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya sohillarida «arvoh-kema» paydo bo‘ldi

Yaponiya sohillarida «arvoh-kema» paydo bo‘ldi

Foto: «Inforos»

Uzunligi 50 metrli ulkan tashlandiq kema Yaponiyaning Isikava prefekturasi sohillariga (Yapon dengizi) kelib qoldi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ekipajsiz kema ochiq dengizda suzib yurgan va oxir-oqibat to‘lqinlar uni qoyali sohillarga oqizib kelgani taxmin qilinyapti. Xabarda aytilishicha, kema korpusi po‘latdan tayyorlangan va qisman zang bosgan. Palubasida 10 ta ustun bo‘lib, ular bo‘ylab to‘r tortilgan.

Kema bortida 436 raqami yozilgan. Telekanal xabariga ko‘ra, rus tilidagi yozuvlar ham bor.

«Asahi» gazetasi yozishicha, bu kemadan harbiy-dengiz o‘quvlarida nishon o‘rnida foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Bo‘ronli ob-havo tufayli Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemaga yaqinlasholmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring