Yaponiya Rossiyani Yevropa uchun yagona va bevosita tahdid deb atadi
![Yaponiya Rossiyani Yevropa uchun yagona va bevosita tahdid deb atadi](https://static.xabaruz.com/crop/9/8/720_460_95_986494720.png)
Yaponiya Mudofaa vazirligi o‘zining yillik hisobotida Rossiya Yevropa xavfsizligiga yagona va bevosita tahdidga aylanganini ta’kidladi. Bu Yaponiya mudofaa vazirligining yillik hisoboti «Oq kitob»da aytib o‘tilgan.
«Rossiyaning tashqi faoliyati, harbiy tendensiyalari, Ukrainaga tajovuzi xalqaro tartib asoslariga bolta urmoqda. Rossiya nafaqat Kiyev, balki allaqachon butun Yevropa uchun yagona va bevosita tahdid», – deyilgan hisobotda.
Shuningdek, hisobotda Yaponiya Rossiyaning tashqi faoliyati, harbiy tendensiyalari va Xitoy bilan strategik aloqalaridan xavotirda ekani aytiladi. Qolaversa, Moskvaning Kuril orollarida faolligining oshib borayotgani Tokioda ayrim xavotirlarni uyg‘otadi.
Ma’lumot uchun, «Oq kitob» – Yaponiya Mudofaa vazirligining mamlakat mudofaasi nuqtai nazaridan dunyodagi vaziyat, shuningdek, o‘z-o‘zini mudofaa kuchlarining yil davomidagi faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisoboti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter