Yaponiya ma’lumotlar uzatish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Yaponiya 1808 km masofaga sekundiga 1,02 petabit (127 500 GB) ma’lumot uzatuvchi internet tezligining yangi rekordini o‘rnatdi.
Ushbu internet tezligi bilan siz 4K filmni 0,0001 soniyada yuklab olishingiz mumkin, ya’ni bir soniyada — taxminan 10 000 ta film.
Yuqori tezlikka yangi 19 kanalli optik tolali kabel yordamida erishildi, an’anaviy kabellarda esa faqat bitta kanal ishlatiladi.
Texnologiya birinchi navbatda sun’iy intellekt, 6G tarmoqlari va loT uchun zarur.
Ular kelajakda texnologiyani eng oddiy uy interneti va yirik ma’lumot markazlari uchun joriy qilmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter