Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotga kirishdi

Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh Yapon dengizida harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda OAV Yaponiya mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berdi.
«Mashq uch davlatning mintaqaviy xavfsizlik masalalarini hal etish, shuningdek, belgilangan qoidalar asosida xalqaro tartibni mustahkamlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.
Mashqlarda Yaponiyaning USS Chancellorsville, USS Barry va USS Benfold kemalaridan tashqari Asahi esminetsi va Amerikaning Ronald Reygan aviatashuvchi kemalari ham qatnashmoqda.
Ushbu mashq Shimoliy Koreya atrofida vujudga kelayotgan vaziyat bilan ham bog‘liq.
So‘nggi vaqtlarda KXDR Yapon dengizi tomon bir nechta raketa uchirgani qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter