Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Foto: «Flickr»

Yaponiya hukumati to‘liq iste’foga chiqdi, bosh vazir Sindzo Abe Vazirlar mahkamasini yangitdan tuzadi.  Bu haqda «Kiodo» agentligi xabar bergan.

Yangi hukumatda 18 ta vazirning faqat uchdan bir qismi o‘z lavozimini saqlab qolishi kutilmoqda. Xususan, Abening o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga, tashqi ishlar vaziri Taro Kono kabi amaldorlar o‘z o‘rniga qaytarilishi taxmin qilinyapti.

Yangi hukumat mamlakat imperatori tasdig‘idan so‘ng rasman shakllangan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring