Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya bosh vaziri Bayden bilan bir xil vaksina qabul qildi

Yaponiya bosh vaziri Bayden bilan bir xil vaksina qabul qildi

Foto: «Kyodo»

Yaponiyaning 72 yoshli bosh vaziri Yosixide Suga bugun, 16-mart kuni kuni COVID-19ga qarshi «Pfizer» vaksinasining birinchi dozasini qabul qildi, deb xabar berdi «Kyodo» agentligi.

Yaponiyaliklarni vaksina xavfsizligiga ishontirish uchun emlash telekameralar qarshisida amalga oshirilgan.

Suga AQShga aprel oyida qilinajak rasmiy tashrifga hozirlik doirasida koronavirusga qarshi emlandi. U prezident Jo Bayden bilan uchrashadi (AQSh rahbari bilan uchrashadigan ilk xorijlik davlat rahbari). Bosh vazir vaksinaning ikkinchi dozasini uch haftadan so‘ng qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden 2020-yilning 22-dekabr kuni «Pfizer» vaksinasining birinchi dozasi bilan emlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring