Yapon seysmologlari yana bir yirik zilzilani taxmin qilishmoqda
Bir muddat oldin Yaponiyaning Kyusyu oroli janubi-sharqiy sohilida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingan edi. Yer silkinishi oqibatida kamida uch kishi jabrlandi.
«Favqulodda xizmatlardan Miyazaki prefekturasida yaralangan ayol va Kumamoto prefekturasida yana ikki kishi jarohatlangani haqida ma’lumot olingan», – deyiladi Kyodo agentligi xabarida.
O‘z navbatida, Yaponiya bosh meteorologiya agentligi mutaxassislari Tinch okeanining tubi bo‘ylab Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasidan Sikoku va Kyusyu orollarigacha cho‘zilgan Nankay yorig‘ida kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.
Yapon seysmologlariga ko‘ra, bu yerda taxminan 100-200 yilda bir marta 8 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ladi. Olimlarning fikricha, yaqin 30 yil ichida 8 yoki 9 balli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli 70-80 foizni tashkil qiladi. Bunday holda, mamlakatning muhim qismi zarar ko‘radi va Tinch okeani qirg‘oqlariga balandligi 30 metrdan ortiq bo‘lgan sunami yopirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter