Yangi Zelandiya tamakidan mutlaqo xoli mamlakatga aylanmoqchi
Yangi Zelandiya parlamenti yangi, shu bilan birga, aql bovar qilmas qonun qabul qildi. Qonun 2009-yil 1-yanvari va undan so‘ng tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlari sotishni taqiqlaydi, deyiladi RNZ radiostansiyasi xabarida.
Bundan tashqari, tamaki sotiladigan nuqtalar soni 10 baravar — 6000 tadan 600 taga kamaytiriladi. Tamaki mahsulotlari tarkibidagi nikotin miqdori ham ozaytirilmoqda.
Qonundan maqsad, 2025-yilga borib Yangi Zelandiyani chekishdan mutlaqo xoli mamlakatga aylantirishdir, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Yangi Zelandiya katta yoshli aholisining atigi 8 foizi tamaki chekadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter