Yangi ta’mirlangan ko‘prik qulashida 140 kishi halok bo‘ldi — Hindiston
Hindistonning Gujarat shtatida ko‘prikning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 kishiga yetdi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.
Ayrim manbalar esa, qurbonlar sonini 132 nafar deya ko‘rsatmoqda.
Politsiya boshlig‘i P.Dekavadia qidiruv davomida qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni kechqurun Hindiston g‘arbidagi Machxu daryosi orqali o‘tgan 140 yillik piyodalar ko‘prigi 500 ga yaqin odam bilan qulab tushdi. Ularning 350 dan ortig‘i suvda qolib ketgan.
Mahalliy telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida dastlab 90 kishi halok bo‘lgan, yana 100 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Rasmiylar qurbonlar soni ortib borishini istisno qilmayapti.
Ko‘prik yetti oylik ta’mirdan so‘ng, 26 oktabr kuni ochilgandi. Ko‘prik xususiy kompaniya tomonidan ta’mirlangan va maxsus sertifikatsiz foydalanishga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter