Yana bir mamlakat Falastin davlatini tan olmoqchi
Irlandiya tashqi ishlar vaziri Mixol Martin o‘z mamlakatida yaqin haftalarda Falastin davlatini tan olish jarayoni boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda The Irish Independent xabar berdi.
Mixol Martin Irlandiya parlamentida so‘zga chiqdi. U «yanada kengroq xalqaro munozaralar» tugaganidan so‘ng, parlamentga Falastin davlatini tan olish haqida rasman taklif kiritishini aytdi.
«Yakunda Falastin davlati tan olinishi muqarrarligiga hech birimiz shubha qilmaymiz va bu voqeaning boshqa kechiktirilishi o‘zini oqlamaydi», — dedi Martin.
Falastin davlatchiligining o‘rnatilishi G‘azo sektorida yashovchilar hamda Iudeya va Samariyaga yordam ko‘rsatishni rag‘batlantiradi. Qolaversa, Falastin davlati arab tinchlik tashabbuslarini mustahkamlash uchun ham kerak, degan fikrni bildirdi Irlandiya TIV rahbari.
Ma’lumot uchun: Falastin BMTga a’zo 193 mamlakatdan 139 tasi tomonidan rasman tan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter