Yana bir davlat Rossiya borasida fuqarolarini jiddiy ogohlantirdi
Janubiy Koreya hukumati o‘z fuqarolarini ehtimoliy teraktlar xavfi tufayli Rossiyani tark etishga chaqirdi. Bu haqda «Moskovskiy komsomolets» gazetasining Telegram-kanalida xabar berildi.
Avvalroq Rossiya poytaxtida ehtimoliy teraktlar xavfi haqida AQShning Moskvadagi elchixonasi va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan edi.
G‘arb diplomatlari Moskvadagi odamlar gavjum joylarda teraktlar xavfi «yaqin 48 soat ichida» davom etishini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan, AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolariga shu kunlarda Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilishdan cheklanish, Rossiyada bo‘lib turganlarga esa zudlik bilan mamlakatni tark etish tavsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter