29 mamlakat rahbarlari 9-mayda Moskvaga boradi

Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 29 ta mamlakat oliy darajada ishtirok etadi. Ular orasida qisman tan olingan Falastin, Abxaziya va Janubiy Osetiya ham bor, deya ma’lum qildi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov.
Hindiston, Nikaragua va JAR «ancha yuqori darajada» qatnashadi. Bundan tashqari, Kreml tadbirga KXDR va AQSh elchilarini, ShHT, MDH, YeOII, KXShT, Islom hamkorlik tashkiloti, Rossiya va Belarus ittifoqchi davlati, Afrika ittifoqi komissiyasi bosh kotiblarini, Yangi taraqqiyot banki prezidenti hamda 34 mamlakat mudofaa vazirlarini taklif qilgan, dedi u.
Qizil maydondagi paradda Rossiya harbiylari qatorida 13 mamlakat harbiylari saf tortib o‘tadi: Ozarbayjon, Vetnam, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter