Yana bir davlat Quddus shahrida o‘z elchixonasini ochdi
Shu yil 14 may kuni AQSh Tel-Avivdagi elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirgan edi. Bugun Gvatemala ham shunday qildi: Tel-Avivdagi elchixonasini Quddusga ko‘chirdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
«Bundan maqsad, – deyiladi «Reyters» agentligi xabarida, – Gvatemala prezidenti Jimmi Morales AQShdan katta miqdorda qarz olmoqchi. Shu bilan birga, u korrupsiyaga aralashib qolgani tufayli AQSh tahdididan qo‘rqqani uchun shu yo‘lni tutgan».
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales bugun elchixonaning ko‘chirilishi munosabati bilan Isroilga yetib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter