«Yamandagi ahvolga chidab bo‘lmaydi!»
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘zining «Twitter» sahifasida Yamandagi ahvolni «chidab bo‘lmas darajada» deya baholadi. Yamandagidek gumanitar inqiroz dunyoning boshqa nuqtasida yo‘q, deydi xalqaro tashkilot.
Ayni paytda xarobaga aylanayozgan ushbu davlatning 80 foiz (!) aholisi favqulodda yordamga muhtoj. Keyingi bir yilning o‘zida insonparvarlik ko‘magiga muhtojlar soni 10 foizga ortgan. Bu 30 million atrofidagi aholining 25 millionga yaqini tasavvur qilib bo‘lmas darajada tang ahvolda ekanini anglatadi.
Alqissa, salkam besh yildan buyon ushbu mamlakatda davom etib kelayotgan Xusiylar va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi o‘rtasidagi urush oddiy aholini shu ahvolga olib keldi. Nizoning oxiri esa ko‘rinmayotir...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter