Xristofor Kolumbning haqiqiy qabri topildi
Yigirma yilga yaqin davom etgan tadqiqotlardan so‘ng, olimlar Xristofor Kolumb qayerda dafn etilganini aniqlashdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi.
Buyuk sayyoh va dengiz kashshofining qabri aslida qayerda ekanligi 500 yildan buyon jumboqligicha qolayotgan edi.
Ispaniyadagi Sevilya cherkovida topilgan inson suyaklari DNKsi Kolumbning qarindoshlari va avlodlari, jumladan, uning o‘g‘li va ukasining DNKsi bilan solishtirildi. Oxir-oqibat bu dalillar o‘rtasida uzviylik topilib, Kolumbning qabri Ispaniyada degan xulosaga kelindi.
Xristofor Kolumb 1506-yilda vafot etganidan so‘ng jasadi bir necha marta boshqa joyga ko‘chirilgan. Ayrim tadqiqotchilar uning haqiqiy qabri Dominikan Respublikasida degan taxminni ham ilgari surib kelishgan.
Endi olimlar boshqa bir jumboqni yechishga kirishadilar — Kolumbning millati noma’lum. Polyak, ispan, yahudiy bo‘lgan degan taxminlar ham bor. Biroq ko‘pchilikning fikricha, u genuyalik, ya’ni italyan bo‘lgan. Buni ham tez orada bilib olsak kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter