Xitoydan tashqarida koronavirusni yuqtirganlar soni 10 mingdan oshib ketdi. Virus yana 8 ta davlatga tarqaldi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) o‘tgan bir kecha-kunduzda Xitoydan tashqarida 1,78 mingta koronavirusni yuqtirish holatini qayd etdi, jami virusni yuqtirganlar soni 10 mingdan oshib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Tashkilot saytida e’lon qilingan bayonnomaga ko‘ra, Xitoydan tashqari 72 davlatda yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 10 566 kishiga yetgan. Oxirgi 24 soat ichida 1792 ta yangi yuqtirish holati qayd etilgan. Ulardan 166 (bir kunda 37) kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Virus yana 8 ta davlatga tarqaldi. Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Tunis, Marokko, Latviya, Andorra, Iordaniya va Senegal shular jumlasidan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 80 304 kishini tashkil etadi, 2946 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Dunyo bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlar soni 90 870 kishiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter