Xitoyda ochko‘zlik va isrofgarchilik uchun jarimaga tortilasiz
Xitoy hukumati ochko‘zlik va oziq-ovqat isrofgarchiligini targ‘ib qilganlarni jarimaga tortadi, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Tegishli qonun 29-aprel kuni Xitoy parlamenti tomonidan qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, ommaviy axborot vositalari oziq-ovqat mahsulotlarining isrofgarchiligiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni, tegishli me’yoriy hujjatlar va standartlarni targ‘ib qilishlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligining zararli tomonlarini yoritishlari kerak.
«Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini, shu jumladan, ortiqcha iste’mol qilishni targ‘ib qiladigan dasturlar, audio va video materiallar tayyorlash, nashr etish va tarqatish taqiqlanadi», — deyiladi qonunda.
Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi axborot xabarlari haqqoniy va xolis bo‘lmog‘i darkor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter