Xitoyda noma’lum kimsa bolalar bog‘chasiga hujum qildi, 18 kishi yaralandi

Guansi-Chjuan avtonom okrugida noma’lum kimsa bolalar bog‘chasiga hujum qildi, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Hodisa Beylyu shahrida mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00) sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16 bola va ikki nafar tarbiyachi pichoq bilan jarohatlangan, ikki bolaning ahvoli og‘ir.
Politsiya allaqachon gumonlanuvchini hibsga olgan. Hujumga nima sabab bo‘lganligi o‘rganilmoqda, tajovuzkor nima bilan qurollanganligi aytilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter