Xitoyda bir xodimni deb 17 ming kishi koronavirusga test topshirdi (video)

Shanxayning Pudun aeroportida infeksiyaga chalingan bitta xodimni deb 17 ming kishi koronavirusga test topshirdi, deb yozadi «Reuters».
Ta’kidlanishicha, 17 719 kishidan namunalar olingan, 11 544 kishining test natijalari chiqdi — ular manfiy. Qolgan namunalar hali tekshirilmoqda. «Shanghai Airport» (Group) rahbari o‘rinbosari Chjou Szyunlunning so‘zlariga ko‘ra, tasdiqlangan COVID-19 holatlari aeroportning faqat yuk terminali bilan bog‘liq.
22-noyabr kuni Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Pudun xalqaro aeroportida olingan videolar tarqaldi. Unga ko‘ra juda ko‘p odamlar to‘planib qolishgan: aytishlaricha, ularni binodan chiqarishmagan. O‘sha kuniyoq rasmiylar ikkita koronavirus holati tufayli Rossiya bilan chegaradosh Manchjouli shahrida karantin joriy etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter