«Xitoy va AQSh qarama-qarshiligi dunyo uchun halokatli tugashi mumkin» — Si Szinpin
XXR raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ilk bor telefon muloqoti o‘tkazdi.
Telefon orqali muloqot chog‘ida Si Szinpin ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni butun dunyo uchun ofat deb atagan.
«XXR va AQSh qarama-qarshiligi, shubhasiz, ikki mamlakat uchun ham, butun dunyo uchun ham halokatdir»,- degan Xitoy rahbari.
Shu bilan birga, u Xitoy-Amerika hamkorligi dunyoga foyda keltirishi mumkinligini ta’kidlagan.
Si Szinpin shuningdek, Amerika tomonini Xitoyning ichki ishlari ( Shinjon, Gongkong va Tayvan) masalasida ehtiyotkor bo‘lishga da’vat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter