Xitoy uchun josuslik qilgan MRB sobiq xodimi 20 yilga qamaldi
AQSh sudi Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning Xitoy uchun josuslik qilishda ayblangan sobiq xodimiga 20 yil qamoq jazosi berdi. Bundan tashqari, u ozodlikka chiqqanidan so‘ng besh yil maxsus kuzatuv ostida bo‘ladi.
Tergov talqiniga ko‘ra, sobiq razvedkachi Kevin Mellori MRBda xizmat qilgan paytida xitoylik maxsus agentga «davlat siri» hisoblangan maxfiy ma’lumotni bergan. Evaziga esa 25 ming dollar olgan.
«Bu xavfli tendensiyaning bir qismi — xitoylik agentlar AQSh razvedkasining sobiq xodimlarini ilintirishga urinishgan, ular esa o‘z vatani, kasbdoshlarini sotishgan», — dedi AQSh adliya vaziri yordamchisi, milliy xavfsizlik masalalariga mas’ul Jon Demers.
Virjiniya shtati Sharqiy okrugi sudi Kevin Mellorini aybdor deb topdi va unga og‘ir jazo tayinladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter