Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasida ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasida ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining so‘nggi ikki yil ichida ishga qabul qilingan xodimlari ishdan bo‘shatila boshlandi. Bu haqda The New YorkTimes o‘zining uchta manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Ishdan bo‘shatilganlar agentlikning Langleydagi shtab-kvartirasi tashqarisidagi ofisga chaqiriladi va xizmat ma’lumotlarini topshirishni so‘rashadi. Gazeta ma’lumotlari allaqachon boshqarma matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan. 

Gazetaning yozishicha, qancha odam shu tarzda ishdan bo‘shatilishi noma’lumligicha qolmoqda, biroq o‘z manbalariga ko‘ra, rahbariyat barcha yangi xodimlar bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. 

 Manbalarning ta’kidlashicha, Langleyda ishdan bo‘shatishlar asabiy baholanmoqda. Markaziy razvedka boshqarmasining ba’zi yangi xodimlari hatto telefonga javob berishga qo‘rqishadi. “Ishdan bo‘shatish boshqaruvdagi ma’naviyatni buzdi va mehnat unumdorligini pasaytirdi”, deb yozadi gazeta. 

Ommaviy ishdan bo‘shatish sud Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliffning xodimlarni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatish huquqini tasdiqlaganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring