Xitoy qiruvchisi Amerika uchog‘i bilan to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi
Xitoy harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti Janubiy Xitoy dengizi ustida uchayotgan AQSh bombardimonchi samolyotiga juda yaqin kelgan. Euronews’ga ko‘ra, samolyotlar orasida atigi 3 metr masofa qolgan. “Bu falokat bilan yakunlanishi mumkin edi”, deya xabar beradi telekanal.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa ikki dvigatelli Shenyang J-11 qiruvchi samolyoti hamda B-52 bombardimonchi uchog‘i ishtirokida yuz bergan. AQSh Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga ko‘ra, haddan tashqari tez va pastlab uchgan Xitoy qiruvchisi to‘qnashuv xavfini yuzaga keltirgan.
Xitoy tomoni bu haqda hozircha izoh bermagan. Shu yilning may oyida sodir bo‘lgan shunga o‘xshash voqeada rasmiy Pekin Vashingtonning shikoyatlarini rad etib, Janubiy Xitoy dengizi ustidagi bunday parvozlarni to‘xtatishni talab qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter