Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy NATOga qarshi jiddiy norozilik bildirdi

Xitoy NATOga qarshi jiddiy norozilik bildirdi

Xitoy hukumati NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Pekinning tashqi siyosati haqidagi bayonoti munosabati bilan norozilik bildirdi, shuningdek, ittifoqni Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga zarar yetkazmaslikka chaqirdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«NATO allaqachon Yevropada tartibsizlik yaratgan, bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga ham zarar keltirmasligi kerak», - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.

Bir kun avval Stoltenberg Xitoyga bosim o‘tkazish uchun alyans Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerakligini aytgandi. Bundan tashqari, u Xitoyning tashqi siyosati haqida gapirdi. Bosh kotibga ko‘ra, Pekin Moskvani uchuvchisiz samolyotlar va raketalar ishlab chiqarishda qo‘llab-quvvatlash orqali Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik mojaroni qo‘zg‘atmoqda.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, agar Pekin ushbu harakatlarni to‘xtatmasa, buning uchun «tovon to‘lashi kerak».

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Stoltenbergning Xitoy haqidagi so‘zlariga salbiy munosabat bildirganini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring