Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda keng tarqalayotgan kasallik yangi virus ekani rad etildi

Xitoyda keng tarqalayotgan kasallik yangi virus ekani rad etildi

Foto: «Associated Press»

Butun Xitoy miqyosida o‘tkir respirator kasalliklarining avj olishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining e’tiborini tortdi. Aholi orasida yoppasiga nafas olish yo‘llari infeksiyasi, gripp, rinoviruslar, respirator virus adenovirus, pnevmoniyadan kasallanish kuzatilmoqda.

Mamlakat aholisi orasida birdaniga ko‘paygan kasallik yangi virus emas, balki gripp va boshqa kasalliklar bilan bog‘liq, deya izohlagan Xitoy sog‘liqni saqlash vazirligi.

Mamlakat «Covid-19» cheklovlari yumshatilganidan so‘ng ochilgan respirator kasalliklar tarqalishining ilk to‘lqini bilan kurashmoqda. Xitoy SVV hududiy hokimliklardan iloji boricha ko‘proq shifoxonalar ochish, qariyalar va bolalarni emlashga chaqirmoqda.

«Yangi davolash muassasalarining ochilishini ko‘paytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqtini va dori-darmon bilan ta’minlashni ko‘paytirishga harakat qilishimiz kerak», — deya vazirlik vakili so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Politico» nashri.

Shuningdek, u odamlardan niqob rejimiga rioya qilishni so‘ragan, aholi gavjum joylar, ayniqsa maktablarda kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, G‘arbiy va Tayvan ommaviy axborot vositalari Xitoyda bolalar o‘rtasida noma’lum xavfli kasallik tarqalgani, kasalxonalar bolalar bilan to‘lib ketgani haqida xabar berishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring