Xitoy ikki yilda 30 million kishini qashshoqlikdan qutqarmoqchi
Markaziy Xitoydagi Xunan viloyatida yashovchi jami 1,31 mln. kishi 2018-yili qashshoqlikdan qutqarildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Xunandagi 51 tumanning 31tasida qashshoqlikka batamom barham berildi, 2013-yili viloyat aholisining 13,4 foizi qashshoqlar ro‘yxatida bo‘lgan bo‘lsa, endi atigi 1,5 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozir Xitoy oldida turgan uchta eng muhim vazifaning biri aynan qashshoqlikka qarshi kurashishdir. Va bu yo‘lni 2020-yil oxirigacha bosib o‘tish rejalashtirilgan. Vazifa og‘ir, vaqt qisqa: bu maqsadini uddalash uchun Xitoy 2018—2020-yillar davomida qashshoq tumanlarda yashovchi qariyb 30 million kishiga yordam berishga ulgurishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter