Xitoy: AQSh yordam berish o‘rniga odamlarda vahima uyg‘otdi
AQSh koronavirusga qarshi kurashda hech qanday yordam ko‘rsatmadi. Uning o‘rniga hammada vahima uyg‘otdi, deydi XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin. Bu haqda «Radio Sputnik» xabar berdi.
«Epidemiya boshlangandan beri ko‘pgina davlatlar Xitoyga yordam qo‘lini cho‘zib, qo‘llab-quvvatladi. Biz bundan minnatdormiz. Biroq, bilishimcha, Amerika hukumati Xitoyga yordam ko‘rsatish o‘rniga, aksincha, AQSh birinchi bo‘lib Uxandan o‘z konsulxonasi xodimlarini ko‘chirdi, birinchi bo‘lib Xitoydan elchixona xodimlarining bir qismini olib ketish xohishini bildirdi, birinchi bo‘lib XXRning barcha fuqarolari uchun AQShga kirishni taqiqladi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Xitoy bilan savdo-sotiq va safarni cheklamaslikni tavsiya etgandi», – deydi diplomat.
Uning ta’kidlashicha, Vashington o‘zining bu xatti-harakatlari bilan odamlarda vahima uyg‘otgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter