Xalqaro futbol federatsiyasi prezidentiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Shveysariyada Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Sky News» Twitter-akkauntida xabar berdi.
«Tages-Anzeiger» gazetasining yozishicha, Vale bosh prokurori Rinaldo Arnoldga ham qarshi ish qo‘zg‘atilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Infantino va Arnold iyul oyida lavozimini tark etgan Shveysariya sobiq bosh prokurori Maykl Lauber bilan birgalikda maxfiy uchrashuvlarda ishtirok etgan. Uchrashuvlar FIFAda korrupsiya bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish jarayoni bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter