Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Washington Post»: «Tramp Asadni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan»

«Washington Post»: «Tramp Asadni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan»

Foto: «Haber7.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yili Suriyada ishlatilgan kimyoviy bombalar tufayli Suriya prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rsatma berganini, biroq Amerika mudofaa vaziri Jeym Mettis bu topshiriqni bajarishga ruxsat bermagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Haber7.com».

«Washington Post» gazetasi AQShlik jurnalist Bob Vudvordning «Qo‘rquv» nomli kitobidan ayrim boblarni chop etdi.

Vudvordning ma’lum qilishicha, Tramp Idlibda sodir bo‘lgan voqealardan xabar topgach, Mettisga qo‘ng‘iroq qilib, diktatorni yo‘q qilish topshirig‘ini bergan.

Jurnalistning yozishicha, AQSh rahbari telefonda: «La’nati, uni o‘ldiraylik! Hujumga o‘taylik. Ularning hammasini yo‘q qilish kerak», – degan.

Pentagon rahbari Trampning taklifiga rozilik bildirgan, biroq bu topshiriqlarning hech qaysisini bajarmagan.

«Washington Post» gazetasi Vudvordning yangi «Qo‘rquv» kitobiga «ishonchli manba va voqeaga guvoh bo‘lganlar bilan uyushtirilgan reportaj», deya ta’rif bergan.

«Meduza»ning yozishicha, Mettis jurnalistlarga bergan intervyusida bu «muallifning boy tasavvuri mahsuli» ekanini ta’kidlamoqda. Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders esa Vudvordning kitobida «sobiq norozi xodimlar» tomonidan aytilgan hikoyalar yozilganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring