Vladimir Putin Nursulton Nazarboyevni maqtadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning faol va iqtidorli rahbar ekanini, u atrofiga yosh va kuchli mutaxassislarni yiqqanini e’tirof etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Ochig‘i, men har doim Nursulton Abishevichni hurmat qilaman. U sovet davrida ham tanilgan edi. U doimo kelajakka intiluvchi kishidir. Bu – ajoyib xususiyat», – dedi Putin Qozog‘iston prezidentining teleradiomajmuasiga bergan intervyusida.
Vladimir Putin, shuningdek: «Nazarboyev o‘z atrofiga kuchli mutaxassislarni yig‘ishdan cho‘chimaydi. Bu har qanday kuchli rahbarning o‘ziga xos belgisidir», – dedi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter