Vengriya tarixida birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi
![Vengriya tarixida birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/6/2/720_460_95_626078467.png)
Vengriyada yangi prezident saylandi. Eng ko‘p ovoz olgan 44 yoshli Katalin Novak — mamlakat tarixidagi ilk ayol prezident .
Novak uchun Davlat yig‘ini a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berdi. U 10 mayda vakolat muddati tugaydigan Yanosh Aderning o‘rnini egallaydi.
Katalin Novak Oila masalalari bo‘yicha vazir bo‘lib ishlagan. Uning nomzodini «FIDES — Vengriya fuqarolar ittifoqi» yetakchi partiyasi ko‘rsatgandi. Partiya rahbari — Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.
Katalin Novakning prezidentlik uchun yagona raqibi — 79 yoshli iqtisodchi Peter Rona edi. Uning nomzodi muxolifatchi partiyalar tomonidan ilgari surilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter