Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tushunarsiz kasallik» sababli koronavirus vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

«Tushunarsiz kasallik» sababli koronavirus vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Foto: «Global Look Press»

Johnson & Johnson kompaniyasi «tushunarsiz kasallik» sababli COVID-19 vaksinasi sinovlarini to‘xtatdi. Endilikda bemorning ahvoli mustaqil tibbiyot mutaxassislari qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Johnson & Johnson kompaniyasi vaksinaning yangi dozalarini sinovlarning barcha bosqichlarida, shu jumladan, uchinchi bosqichda qo‘llashni to‘xtatdi, deya kompaniya bayonotini keltirdi TASS.

Bunga ko‘ngillilardan birining «tushunarsiz kasalligi» sabab bo‘lgan. Kompaniya bemorda qanday alomatlar borligiga aniqlik kiritmagan.

Qayd etilishicha, emlash natijasida kasal bo‘lib qolgani taxmin qilinayotgan ko‘ngillining ahvolini DSMB mustaqil qo‘mitasi mutaxassislari o‘rgana boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring