Bahrayn dunyoda birinchi bo‘lib «Johnson&Johnson» vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi
Bahrayn hukumati AQShning «Johnson&Johnson» kompaniyasi COVID-19ga qarshi ishlab chiqqan bir dozali vaksina o‘z mamlakatida qo‘llanishiga kecha, 25-fevral ruxsat berdi va ushbu kompaniya vaksinasi ro‘yxatga olingan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda «Associated Press» agentligi xabar berdi.
Nazorat idoralari bayonotiga ko‘ra, ushbu vaksina «COVID-19 bilan jiddiy zararlanishdan kuchli himoyaga ega». Ekspertlar kompaniya taqdim etgan barcha hujjatlar hamda klinik sinovlar natijalari bilan tanishib, shunday xulosa berishdi.
Hukumat rasmiylariga ko‘ra, «Johnson&Johnson» vaksinasi bilan, birinchi navbatda, aholining eng zaif qatlamlari: keksalar va surunkali xastaligi bor insonlar emlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Bahrayn bungacha «Pfizer-BioNTech» (AQSh-Germaniya), «AstraZeneca» (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), «Sinopharm» (Xitoy) va «Sputnik V» (Rossiya) vaksinalariga ruxsat bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter