Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Johnson & Johnson» brendi terini oqartiruvchi kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi

«Johnson & Johnson» brendi terini oqartiruvchi kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Foto: «Media.az»

AQShning nufuzli «Johnson & Johnson» shaxsiy gigiyena va kosmetika mahsulotlari kompaniyasi terini oqartiruvchi kremlar ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

«Qora nuqtalarni yo‘q qilishga qaratilgan mahsulotlarimiz nomlari hamda «Neutrogena» va «Clean & Clear» turkumlaridagi tavsiflar yorqin va oq teri terining tabiiy rangidan yaxshiroq degan taassurot qoldirishini oxirgi haftalardagi munozaralar ko‘rsatdi. Biroq «Johnson & Johnson» aslo bunday fikrda bo‘lmagan, mahsulotlarimiz avvalo terini sog‘lomlashtirishga qaratilgan», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya qo‘shimcha qildiki, nomlar va tavsiflar o‘zgartirilgani, hatto ayrimlarini chiqarish batamom to‘xtatilgani bilan do‘konlarda qanchadir muddat eski talqindagi mahsulotlarni uchratish mumkin bo‘ladi.

Avvalgi xabarlarimizda eskimoslarni xafa qilmaslik uchun AQShda eskimo muzaymoqlari nomi o‘zgartirilganini yozgandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring