Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vagner» yollanma askarlar qabul qilishni to‘xtatgan

«Vagner» yollanma askarlar qabul qilishni to‘xtatgan

«Vagner» xususiy harbiy shirkati rahbari Yevgeniy Prigojin kompaniya yollanma askarlarni qabul qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

«Bugun 30-iyul. Ayni paytda ishga qabul qilish markazlarining ochilish vaqti hali ma’lum emas. Turli tushunmovchiliklar bo‘lishining oldini olib aytyapman: «Vagner» XHSh guruhlari Afrikada, shuningdek Belarusdagi o‘quv markazlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugun biz o‘zimizning navbatdagi vazifalarimizni belgilab olyapmiz. Shubhasiz, bu Rossiyaning nomidan amalga oshiriladigan vazifalar. Hozirda ko‘pchilik jangchilarimiz ta’tilda, ular juda og‘ir mehnat davridan o‘tishdi», – degan Prigojin.

U, shuningdek, yollanma askarlariga Rossiyaning boshqa kuch tuzilmalariga o‘tishlariga hech qanday cheklov qo‘ymaganini, biroq ulardan juda ozchilik «Vagner» guruhidan ketishga roizi bo‘lganini aytadi.

«Uzoq yillik mashaqqatli mehnat va uzoq yillik urushlar bizni bir jamoa qildi. Shu sabab askarlarimizning ko‘pchiligi ketishni xohlashmadi», – deydi u.

Prigojin, shuningdek, xususiy harbiy shirkatga askarlarni yollash ehtiyoj yo‘qligi sabab to‘xtab turgani, agar qo‘shimcha guruh tuzishga ehtiyoj tug‘ilsa, qabul boshlanishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring