27 yildan beri o‘limini kutayotgan qotil, nihoyat, qatl etiladigan bo‘ldi
AQShda besh kishini otib tashlagan jinoyatchi qatl etiladi. U oliy jazoni 27 yil kutdi, deya xabar berdi «Fox News».
Gap 1993-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan 52 yoshli Dastin Li Xonken haqida bormoqda. U amfetaminli qonun o‘g‘risi deb tanilgan: Xonken giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. Ta’kidlanishicha, u jinoyatini yashirish uchun guvohlarni gumdon qilgan. Achinarlisi, ular orasida nafaqat kattalar, balki bolalar ham bor. U in’yeksiya yordamida qatl etiladi.
Bu 17 yillik tanaffusdan keyingi federal darajadagi uchinchi o‘lim jazosi. 16-iyul kuni AQSh Oliy sudi 16 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgani uchun Uesli Ira Purkini o‘lim jazosiga hukm qilgandi. Bungacha, 14-iyul kuni so‘nggi 17 yil ichida ilk bor Daniel Lyuis Li qatl etildi. U uch kishidan iborat oilani o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan.
1976-yili AQSh Oliy sudi o‘lim jazosini qayta tikladi. O‘shandan beri Amerika qamoqxonalarida jami 1,5 mingdan ortiq mahbus qatl etildi. Ulardan faqat uch nafari — federal darajadagi jinoyatchi, qolganlari esa mahalliy hokimiyatga taalluqli. Federal turmalarda o‘lim jazosiga hukm etilgan 60 tacha mahbus saqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter