Iroqda prezidentlik boshqaruviga o‘tish uchun ommaviy namoyishlar boshlandi
Iroqda ommaviy namoyishlar yana avj oldi. Minglab odamlar ishtirokidagi qarshilik namoyishlari Bog‘dod, Basra, Kerbela, Zikar, Devoniy, Musanna va Najaf shaharlarida o‘tkazildi.
Namoyish qatnashchilari prezidentlik boshqaruviga o‘tishni, ijtimoiy xizmatlarning yaxshilanishi, yangi ish o‘rinlari yaratish va korrupsiyaga qarshi kurashishni talab qilmoqda. Bog‘doddagi Tahrir maydonida o‘tkazilgan namoyishda mamlakat konstitutsiyasiga prezidentlik boshqaruviga o‘tishni ta’minlovchi o‘zgartirishlar kiritish talab qilingan.
Politsiya tumanning aksiya o‘tkazilayotgan markaziy ko‘chasini yopib qo‘yib, Bog‘dodning hukumat ob’yektlari va diplomatik missiyalari joylashgan «Yashil hudud»ga o‘tish yo‘llarida xavfsizlik choralarini ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter