Indoneziyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyaning G‘arbiy Yava shtatining shimoliy-sharqidagi Situbondo shahri yaqinida 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
Yer silkinishi Situbondo shahridan 61 kilometr shimoliy-sharqda, yerning 10 kilometr qa’rida yuzaga kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila tufayli 3 kishi halok bo‘lgan. Mamlakatda sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada iyul oyidan buyon bir necha marta kuchli zilzila kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter