Indoneziyadagi sunami qurbonlari 220 nafardan oshdi
Indoneziyadagi Zond bo‘g‘ozi sohillariga yopirilgan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 222 nafarga yetdi.
Indoneziyaning Tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etish milliy boshqarmasi vakili Sutupo Purvo Nugroxo bergan ma’lumotga ko‘ra, sunami oqibatida 840 kishi jabrlangan, 30 kishi bedarak yo‘qolgan.
Sutupo Purvo Nugruxoning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat sabab yuzlab uylar buzilgan, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter