Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urushda qaysi so‘z nemis josusini oson «fosh qilgan»?

Urushda qaysi so‘z nemis josusini oson «fosh qilgan»?

Odamlar ayg‘oqchilarni aniqlash usullarini ancha avvaldan o‘rgana boshlashgan. Jumladan, shibbolet deb nomlangan usul ham ko‘p hollarda juda qo‘l kelgan.

Xo‘sh, bu so‘z nimani anglatgan? Ikkinchi Jahon urushi paytida rus askarlari nemis josuslariga duch kelishganida bu usul qanchalik yordam bergani haqida «Rambler» shunday yozadi.

Shibbolet – majoziy ma’noda ma’lum bir guruhga xos so‘z xususiyatini anglatadi.

Bunda begona kimsadan birorta so‘z yoki iborani aytish so‘raladi va uni qanday talaffuz qilishiga qarab, bu uning ona tilimi yoki emasligi aniqlanadi.

Ikkinchi Jahon urushi paytida bu texnikadan rus askarlari muvaffaqiyatli foydalanishgan. Nemislar oddiy «doroga» (yo‘l) so‘zi bilan sinab ko‘rilgan. Ruslar uchun bu so‘zning aytilishi oson, ammo chet elliklar uni to‘g‘ri talaffuz qilishga yaxshigina qiynalishgan.

O‘shanda ham nemis josuslari bu so‘zni «taroka» deb talaffuz qilishgan va o‘zlarini bir zumda fosh etishgan. Hatto, o‘qitilgan nemis razvedkachilari ham bu oddiy so‘z oldida ojiz qolishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring