Urdun (Iordaniya)da xalq qo‘zg‘aldi
![Urdun (Iordaniya)da xalq qo‘zg‘aldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_238020682.jpg)
Urdun (Iordaniya) hukumati soliq hamda narx-navoni oshirgani uchun xalq qo‘zg‘aldi. Aholi mamlakatdagi keskin iqtisodiy siyosatga qarshi namoyish uyushtirmoqda. Hali bunday namoyish, qo‘zg‘alish kuzatilmagan edi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«Voice of America» nashri chop etgan xabarda ko‘chalarda politsiya xodimlari bilan aholi to‘qnash kelishayotgani ma’lum qilingan. Hukumat binosiga kirmoqchi bo‘lgan namoyishchilarga tazyiq o‘tkazilmoqda.
Namoyishlarda «Xalq hukumatni to‘ntarmoqchi» degan ovozlar eshitilayapti.
Shanba, 2-iyun kuni qirol Abdulloh, bosh vazir va hukumat a’zolari yig‘ilish o‘tkazgan edi. Mamlakatning rasmiy axborot agentligi «Petra» qirolning iqtisodiy islohotlar faqat xalq hisobiga amalga oshirilmasligi kerak degan gapini tarqatdi.
Xalq qirol tayinlagan hukumatga qarshi chiqmoqda.
Urdun ancha paytdan beri tashqi qarzlarini qoplash maqsadida iqtisodiy islohotlar olib borayotgani xalqaro miqyosda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter