Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrni uzaytirishning ko‘pchilikka yoqmaydigan usuli

Umrni uzaytirishning ko‘pchilikka yoqmaydigan usuli

Foto: «News.yellmed.ru»

Muntazam och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytirib, umrni uzaytiradi. Bu haqda «MedicalXpress» press-relizida ma’lumot berildi.

Amerikalik olimlarning birinchi tadqiqotida qariyb ikki ming kishi ishtirok etdi. Ular yurak kateterizatsiyasidan o‘tishdi va 4,4 yil davomida nazoratda bo‘lishdi. Qatnashchilarning 389 nafari besh yil davomida muntazam ochlikni tajribadan o‘tkazishdi. Turli omillarga tuzatishlardan so‘ng tadqiqotchilar och qoluvchilar orasida o‘lim darajasi 45 foizga kamayganini aniqlashdi.

Ikkinchi tadqiqotda mutaxassislar bemorlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ular ochlikning yurak faolligiga qanday ta’sir o‘tkazishini tekshirishdi. Buni qarangki, yurak xuruji och qoluvchilarda 71 foiz kamroq qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring