Ukrainlar millat sifatida yo‘q bo‘lib ketishdan xavotirda
Ittifoq tarqaganidan so‘ng o‘tgan 25 yil davomida Ukraina nufusi kamida 10 millionga kamayib ketib, jami taxminan 42 million nafarni tashkil etmoqda. «Life» yozishicha, bu haqda «1+1» telekanali ko‘rsatuvida so‘z borgan.
— Bu (10 mln.) — butun boshli Shvetsiya, Gretsiya yoki Portugaliya. Bu ocharchilik yillaridagidan ikki yarim baravar ko‘p, — deyiladi ko‘rsatuvda.
Ukrain jurnalistlari keltirgan statistikaga ko‘ra, mamlakatda o‘lim ko‘rsatkichlari tug‘ilish ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori — har 100 tug‘ilishga 140 ta o‘lim to‘g‘ri keladi. Bu degani har yili Ukraina aholisi 270 mingga yaqin bo‘lgan Xmelnitskiy yoki Chernovsi kattaligidagi bittadan shaharni yo‘qotayotganini anglatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter