Ukrainaga YI nomzodi maqomi beriladi
Yevropa komissiyasi Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini berishni tavsiya qildi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryusseldagi matbuot anjumanida qayd etdi.
«Ukraina Yevropa qadriyatlari va standartlari asosida yashash istagini yaqqol namoyon qildi», dedi u.
Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini berish bo‘yicha yakuniy qaror, Yevropa davlatlari rahbarlari tomonidan 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda qabul qilinadi.
Shu bilan birga, Ursula fon der Lyayen so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan birgalikda Yevrokomissiya Moldovaga nomzod maqomini berishni ham tavsiya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter