Rossiya: Ukrainadagi harbiy harakatlarga mas’ul yangi qo‘mondon tayinlandi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi armiya generali Sergey Surovikinni Ukraina hududida olib borilayotgan harbiy harakatlarga mas’ul qo‘mondon etib tayinladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning aytishicha, bu haqdagi qaror Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan qabul qilingan.
«Surovikin «maxsus harbiy amaliyot (Rossiya tomoni Ukraina hududida olib borayotgan harbiy harakatlarini nomlashda «maxsus amaliyot» iborasini qo‘llamoqda, -tahr.) hududida birlashgan qo‘shinlar guruhiga» qo‘mondonlik qiladi», – deydi Konashenkov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surovikin 2017-yildan beri Rossiya harbiy-havo kuchlariga qo‘mondonlik qilib keladi. 2017-yilning mart oyidan beri u Suriyadagi rus qo‘shinlariga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter