Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada bugundan boshlab barcha bosma OAVlar davlat tilida chiqishni boshladi

Ukrainada bugundan boshlab barcha bosma OAVlar davlat tilida chiqishni boshladi

Foto: «UBR.ua»

Ukrainada bugun, 16-yanvardan boshlab barcha bosma OAVlar davlat tilida chiqishni boshladi.

«Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun moddasining 25-bandi bugundan kuchga kirdi. Yangi qoidalarga muvofiq, bundan buyon Ukrainada chop etilayotgan barcha gazeta va jurnallar tirajining kamida 50 foizi ukrain tilida bo‘lishi kerak.

Davlat tilini himoyalash uchun mas’ul Taras Kremin «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ta’kidlashicha, yangi til me’yorining kiritilishi davlat tilining keng ommalashishiga va uning davlati tili sifatidagi maqomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot berilishicha, chet tillardagi bosma nashrlarning obuna bo‘yicha tarqatilishiga, ularning davlat tilidagi talqinlari ham bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi. Agarda OAV chet tilida chop etilsa, uning ukraincha talqini ham bo‘lishi shart. Faqat hududiy nashrlar uchun istisno bor — ularga 2024-yildan ukrain tiliga o‘tish majburiyati yuklangan.

Yangi qoidalar qrim-tatar, ingliz tili yoki Yevropa ittifoqining rasmiy tilllarida chop etiladigan bosma nashrlarga tatbiq etilmaydi.

Ukrainada davlat tili ukrain tili hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring