Ukraina va Gruziya ortidan: Moldova Yevroittifoqqa ariza yuboradi
Moldova prezidenti Mayya Sandu bugun, 3-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza yo‘llashini ma’lum qildi.
«Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga kirishga nomzodligi haqidagi arizani bugun imzolaymiz. U Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga jo‘natiladi», — dedi Sandu.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina, keyin Gruziya Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilishi so‘ralgan arizalarni imzolagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter