Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina qarshi hujum boshlagani aytilmoqda

Ukraina qarshi hujum boshlagani aytilmoqda

Bir nechta harbiy muxbirlar va nashrlar kecha Ukraina armiyasi Rossiya qurolli kuchlariga qarshi uzoq kutilgan hujumni boshlagani haqida xabar berdi.

Dastlab, rossiyalik bir qancha harbiy muxbirlar Telegram kanallarida Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumni boshlangani haqida yozishdi. Ukraina hujumining asosiy qismi Donetsk yo‘nalishida qayd etilgan.

Harbiy ekspertlarning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasining rejasi qanotlardan yorib kirib, Rossiya armiyasini Artemovskiy yo‘nalishida o‘rab olishdan iborat.

Agar Ukraina kuchlari ushbu rejani amalga oshira olsa, Rossiyaning chegaradosh viloyatlariga yo‘l ochiladi.

Baxmut yo‘nalishida qarshi hujum taktikasi

Bosh manbalar Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatida to‘liq miqyosda hujum boshlaganini haqida ma’lumot berdi. Lekin rus manbalari hujum boshlangani haqida hech narsa yozmadi.

«Bu xabarlarga haddan tashqari shubha bilan qarash kerak. Hozir bu yerda hamma narsa tinch, qirg‘oqlar imkon qadar mustahkamlangan, minalangan maydonlar bor, bunday sharoitda Dnepr kabi suv to‘sig‘idan o‘tib bo‘lmaydi, bu aqldan ozish bo‘lardi», – degan Novaya Kaxovka rahbari.

CCN telekanali Ukraina armiyasi Rossiyaga qarshi uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotganini yozdi.

Qayd etilishicha, bu qarshi hujum Rossiyaning qurol-aslaha omborlari, qo‘mondonlik markazlari, zirhli va artilleriya tizimlari kabi nishonlarga zarba berishni o‘z ichiga oladi va jang maydonini hujumga tayyorlashni maqsad qilgan.

Bunday operatsiyalar dushmanni chalg‘itishga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring