Ukraina Putinning Erdo‘g‘on bilan uchrashishiga munosabat bildirdi
![Ukraina Putinning Erdo‘g‘on bilan uchrashishiga munosabat bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/9/4/720_460_95_949321096.jpg)
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ispaniyaning Toledo shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bo‘lajak uchrashuvi haqida gapirib o‘tdi.
Vazirning aytishicha, bu Rossiya Federatsiyasining don bitimiga qaytishi uchun oxirgi imkoniyatdir.
Kulebaning fikricha, sentyabr oyi «don kelishuvi va tinchlik formulasi nuqtai nazaridan» muhim vaqt.
«Biz bilamizki, Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida uchrashuv bo‘ladi. Bu Rossiyaning Qora dengiz g‘allasi bo‘yicha kelishuvga qaytishi uchun deyarli oxirgi imkoniyat», — dedi Kuleba.
Ilgariroq Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 4-sentyabr kuni Sochida uchrashishi haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter