Ukraina atrofidagi vaziyat: YeI sakkizinchi sanksiyalar paketini tasdiqladi, Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor
Kecha xabar berganimizdek, Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi, jumladan, neft narxlari «potologi»ni o‘z ichiga olgan sanksiyalarning sakkizinchi paketini tasdiqladi. Shuningdek, Rossiyaga ko‘mir, qurollar uchun elektron qismlar, aviatsiya va kimyoviy moddalar uchun texnik uskunalarni eksport qilish taqiqlandi.
- Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari Zaporoje va Xerson viloyatlariga ham tatbiq etiladi.
- RF Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini ma’lum qilib, Ukraina parlamentini muzokaralar stoliga taklif etdi.
- Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor, biroq Rossiya shartlari asosida, dedi Matviyenko.
- Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov NATO va YeIning deyarli barcha mamlakatlari ukrain harbiylarini o‘qitish dasturlariga qo‘shilganini ma’lum qildi.
- Hududida harbiy harakatlar davom etarkan, Ukraina NATOga qabul qilinmaydi, dedi Yevropa ittifoqi ichki bozori bo‘yicha yevrokomissari Terri Breton.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter